Tennis. Istomin 2022 yilda ilk g‘alabasiga erishdi

Sport

image

AQSHning Kolambus shahrida (Ogayo) davom etayotgan “Chellenjer 80” turkumiga kiruvchi turnirda o‘zbekistonlik Denis Istomin mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 

Mukofot jamg‘armasi 53,120 AQSH dollarini tashkil etuvchi “Columbus Challenger 80” musobaqasida Istomin asosiy to‘rdan bahslarga qo‘shildi.  

O‘zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi qur’a natijasiga ko‘ra ilk davrada germaniyalik Sebastyan Fanselovga qarshi kortga chiqdi va 7:5, 1:6, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. Endi 36 yoshli Istomin ikkinchi davrada amerikalik Jenson Bruksbiga qarshi kortga chiqadi. 

Ma’lumot uchun, Bruksbi turnirda birinchi raqam ostida saralangan.


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Denis Istomin

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing