Tennis: “Indian-Uels”dan avval Jahon reytingi yangilandi
Sport
−
04 Oktabr 2021
2880Bugun, 4 oktyabr kuni Professional tennis assotsiatsiyasi (ATP) reytingi yangilandi. Unga ko‘ra reytingning kuchli o‘nligida o‘zgarish kuzatilmadi. Serbiyalik Novak Jokovich eng yuqori pog‘onani egallab turibdi. Uning hisobida 11 633 ochko mavjud. Biroq ayni vaqtda “Indian-Uels” turniriga tayyorgarlik ko‘rayotgan dunyoning ikkinchi raqamli raketka ustasi, rossiyalik Daniil Medvedev o‘rtadagi farqni 1 058 ochkogacha qisqartirdi (10 575). Avvalgi reytingda Medvedev 1 558 ochko bilan ortda qolayotgan edi.
ATR reytingi:
1. Novak Jokovich (Serbiya) – 11 633;
2. Daniil Medvedev (Rossiya) – 10 575;
3. Stefanos Sitsipas (Gretsiya) – 8 175;
4. Aleksandr Zverev (Germaniya) – 7 603;
5. Andrey Rublyov (Rossiya) – 6 130;
6. Rafael Nadal (Ispaniya) – 5 815;
7. Matteo Berrettini (Italiya) – 5 173;
8. Dominik Tim (Avstriya) – 4 495;
9. Rojer Federer (Shveysariya) – 3 765;
10. Kasper Rud (Norvegiya) – 3 615.
Eslatib o‘tamiz, Daniil Medvedev “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi eng so‘nggi musobaqa – AQSH ochiq chempionatining finalida Novak Jokovichni 6:4, 6:4, 6:4 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqqan edi.
Ma’lumot uchun, avstraliyalik tennischi Eshli Barti ayollar (WTA) reytingini boshqarib boryapti, belaruslik Arina Sobolenko ikkinchi, Chexiya vakilasi Karolina Plishkova 3-pog‘onada bormoqda. US Open’da g‘alaba qozongan Emma Radukanu 22-o‘rinni egallab turibdi.
LiveBarchasi