Tennis federatsiyasi raisiga o‘rinbosar bo‘lgan Zelimxon Haydarov o‘zi kim?
Jamiyat
−
20 fevral
22561
Avvalroq, O‘zbekiston tennis federatsiyasiga o‘rinbosarlar saylangani xabar qilingandi.
Saylangan o‘rinbosarlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi moliyaviy-iqtisodiy departamenti rahbari Zelimxon Haydarov ham bor.
Xo‘sh, Haydarov o‘zi kim?
Ma’lumotlarga ko‘ra, Haydarov O‘zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti bilan birgalikda uzoq yillar davomida faoliyat olib borgan, shu bois ham Zelimxan Haydarov Islom Karimovning eng ishongan odami sifatida qaralgan. 1993-2018 yillar oralig‘ida u Prezident devoni ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2018 yilning 27 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident devoni rahbar xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazib, Prezident devoni negizida Prezident Administratsiyasini tashkil etish va uning rahbar xodimlarini tayinlash yuzasidan farmonlar imzolagan.
Unga ko‘ra, ko‘p yillardan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida ishlar boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Zelimxon Haydarov vazifasidan ozod etilgan. Shu kunning o‘zida u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamenti rahbari lavozimiga tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Zelimxon Haydarov 1945 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. U oilali, ikki nafar qizi va bitta nafar o‘g‘li bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq DXX raisi Bahodir Qurbonovning O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidentligiga nomzodi qo‘yilgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi
Toshkentda podstansiya yonib ketdi.
11 aprel