Tennis. Dunyo peshqadami “Aus open”da chempion bo‘ldi 

Sport

image

Ayollar o‘rtasida dunyoning birinchi raqamli tennischisi avstraliyalik Eshli Barti “Australian open-2022” g‘olibiga aylandi. Bu avstraliyalikning “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarning yakkalik bahslarida qozongan uchinchi g‘alabasi bo‘ldi.

Hal qiluvchi bahsida Esh barti (1) AQSH vakilasi Daniyel Kollinsni (27) 6:3, 7:6 (7:2) hisobida mag‘lub etdi. Avstraliyalik Barti ikkinchi setda 1:5 hisobida imkoniyatni boy berayotgan edi.

1 soat 29 daqiqa davom etga qarama-qarshilikda. Barti 10 ta “eys” zarbasini amalga oshirdi va 3 ta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi. Kollins esa bitta “eys”, 2 ta qo‘sh xatoni o‘z hisobiga yozib qo‘yi.

Final yo‘lida Barti ukrainalik Lesya Surenko (Kval), italiyalik Lusiya Bronzetti (Kval), italiyalik Kamila Jiorji (30), amerikalik Amanda Anisimova (2021 yilgi chempion Naomi Osakani sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratgan), amerikalik tennischilar – Jessika Pegulya (21) va Madison Keysni taslim etishni uddaladi.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli chempion 2000 reyting ochkosi va 2,2 million AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini qo‘lga kiritadi. Kollins esa 1200 ochko va 1,1 million dollar mukofot oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Aus open-2022 Esh Barti Deniel' Kollins

Baholaganlar

26

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing