Tennis: “Australian open”ga muxlislar kiritiladimi? 

Sport

image

Avvalroq, Avstraliyaning Viktoriya shtati hukumati tennis bo‘yicha dunyoning birinchi raqamli raketka ustasi hisoblangan Novak Jokovichni “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatiga emlanganlik hujjatisiz tashrif buyurgani uchun ortga qaytarib yuborishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Endilikda Viktoriya hukumati 2022 yilgi Avstraliya ochiq chempionatiga tashrif buyurish cheklovlarini e’lon qildi. Tribunalar 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘ldiriladi. Shu bilan birga, avval belgilangan va kvotadan ortiq sotilgan chiptalar bekor qilinmaydi.

Tomoshabinlar niqobda bo‘lishlari kerak. Hukumat, shuningdek, “Melburn Park”dagi ventilyatsiya tizimini yaxshilashni tavsiya qildi. 

Eslatib o‘tamiz, “Katta Dubulg‘a” turnirining asosiy to‘r bahslari joriy yilning 17-30 yanvar kunlari o‘tkaziladi. Musobaqantng amaldagi g‘oliblari – yaponiyalik Naomi Osaka va serbiyalik Novak Jokovich hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jokovich Naomi Osaka Avstraliya ochiq chempionati Viktoriya

Baholaganlar

2

Reyting

3.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing