Barti peshqadam, Abduraimova 318-o‘rinda. WTA reytingi yangilandi

Sport

image

Bugun, 31 yanvar kuni Jahon tennis assotsiatsiyasi (WTA) tennischilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Avstraliya ochiq chempionati g‘olibi Eshli Barti ta’qibchilaridan ancha ilgarilab, yakka peshqadamga aylanib oldi. Belarus vakilasi Arina Sobolenko ikkinchi, chexiyalik Barbora Kreychikova esa uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Mavsumdagi “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi ilk turnirda yarimfinalga qadar yetib kelgan Iga Sviatek bir yo‘la 9 pog‘ona yuqoriladi va 4-pog‘onaga joylashdi. 3-o‘rindagi Garbin Mugurusa esa 7-pog‘onaga tushib ketdi.

Reytingning eng shov-shuvli natijasi, shubhasiz, joriy yilgi “Aus open” finalchisi Daniyel Kollinsning 30 pog‘ona yuqorilab, TOP 10 talikka kirishi bo‘ldi. O‘tgan yilgi chempion Naomi Osaka esa 71 ta o‘rin pastlagan va 85-raqam (!) ostida qayd etilgan.

1(1). Eshli Barti (Avstraliya) - 8331 ochko.
2 (2). Arina Sobolenko (Belarus) – 5698 ochko.
3 (4). Barbora Kreychikova (Chexiya) – 5533 ochko.
4(9). Iga Sviatek (Polsha) – 4456 ochko.
5(5). Karolina Plishkova (Chexiya) - 4452.
6(6). Paula Badosa (Ispaniya) - 4429 ochko.
7(3). Garbin Mugurusa (Ispaniya) – 4195 ochko.
8(8). Mariya Sakkari (Gretsiya) - 4071 ochko.
9(7). Anett Kontaveyt (Estoniya) - 3871 ochko.
10 (30). Daniyel Kollins (AQSH) – 3071 ochko.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova 10 pog‘ona yuqoriladi. U WTA reytingda 318-o‘rinni egallab turibdi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

WTA Naomi Osaka Esh Barti Nigina Abduraimova

Baholaganlar

8

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing