Tennis. AO’ning navbatdagi yarim finalchisi aniq bo‘ldi

Sport

image

Avstraliya ochiq chempionatida to‘rtinchi raqam ostida saralangan gretsiyalik tennischisi Stefanos Sitsipas italiyalik Yannik Sinnerni (11) 6:3, 6:4, 6:2 mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. 

2 soat 6 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda Stefanos 4 marta “eys” zarbasini amalga oshirdi va 2 ta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi.  

Finalga chiqish uchun Sitsipas rossiyalik Daniil Medvedev (2) yoki kanadalik Feliks Oje-Alyassim (9) juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi. “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi ilk turnir joriy yilning 30 yanvar kuni o‘z yakuniga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, Avstraliya ochiq chempionatining amaldagi g‘olibi dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich hisoblanadi. O‘tgan yilgi finalda u Medvedevni 7:5, 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etgan. Joriy musobaqada esa Novak viza va emlash bilan bog‘liq muammolar sabab ishtirok eta olmadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tennis AO-2021 Tsitsipas Sinner

Baholaganlar

20

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing