Ten Xag “Ayaks” bosh murabbiyligiga qaytarishi mumkin

Sport

image

Amsterdamning “Ayaks” klubi bosh murabbiyi Jon Xeytinganing shartnomasini bekor qilgandan so‘ng bosh murabbiylik lavozimiga sobiq ustozi Erik ten Xagni qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.


“Ayaks” Chempionlar ligasi doirasidagi mag‘lubiyatdan so‘ng bosh murabbiyi Jon Xeytinganing shartnomasi darhol bekor qildi. Jamoaga vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida Fred Grim tayinlandi, biroq klub allaqachon to‘liq vaqtli yangi murabbiyni izlash jarayonini boshlagan. Hozirda jamoa Erediviziyada to‘rtinchi o‘rinda turibdi va Chempionlar ligasidagi dastlabki to‘rt o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan.

Insayder Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, Erik ten Xagga bosh murabbiylik lavozimi taklif qilingan, biroq mutaxassis hali qaror qabul qilmagan va muzokaralar davom etmoqda. Shu bilan birga, Ten Xag “Vulverxempton” lavozimi uchun ham ko‘rib chiqilmoqda.

Ma’lumot uchun, 55 yoshli mutaxassis 2017 – 2022 yillarda ham “Ayaks”ni boshqargan, jamoa bilan uch marta Eredivizion chempionligini va ikki marta Niderlandiya kubogini qo‘lga kiritgan. Joriy yil boshida Ten Xag Germaniyaning “Bayer” klubini boshqargan, ammo yomon natijalar sabab bir necha o‘yindan so‘ng ishdan bo‘shatilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyaning  “Jenoa” jamoasi Patrik Viyeyrani iste’fosidan so‘ng, uning o‘rniga Daniele De Rossini bosh murabbiy etib tayinlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Amsterdam Fabritsio Romano “Ayaks”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing