Temuriylar tarixi davlat muzeyi vaqtinchalik yopildi
Jamiyat
−
25 fevral 3398 1 daqiqa
Bugun, 25 fevral kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyi rekonstruksiya qilinishi sababli vaqtinchalik yopildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.
“Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosini rekonstruksiya qilish, jihozlash, raqamlashtirish va yangi ekspozitsiyasini yaratish ishlarini amalga oshirish maqsadida 2026 yil 25 fevraldan muzeyda tashrifchilarga xizmat ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatib turilishini e’lon qilamiz”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, rekonstruktsiya ishlari muzey infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, ekspozitsiyalarni boyitish hamda tashrif buyuruvchilar uchun yanada qulay va interaktiv muhit yaratishga qaratilgan. Muzeyning qayta ochilish sanasi qo‘shimcha ravishda rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996 yil 18 oktyabrda Amir Temur tavalludining 660 yilligi sharafiga ochilgan. Muzey fondida 7 500 dan ortiq ashyolar mavjud (dastlab 700 ta bo‘lgan). Ular orasida Temuriylar davriga oid qo‘lyozmalar, tangalar, sopol va mis buyumlar, qurol-yarog‘lar hamda noyob miniatyuralar bor.
Live
Barchasi