“Temurbeklar maktabi”da  o‘qish muddati va qabul kvotasi belgilandi

Jamiyat

image

Avvalroq, Farg‘ona, Qibray, Nukus, Toshkent, Shahrisabz xududlarida “Temurbeklar maktabi” ochilganligi haqida habar bergan yedik. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi"  qaroriga ko‘ra, harbiy-akademik litseylarida o‘qish davomiyligi ikki yil bo‘lib, har biriga yillik qabul kvotasi 100 kishini tashkil etadi. Bu haqida Adliya vazirliginig “Huquqiy axborot” kanali ma’lumot berdi.

2019 yil 1 sentyabrdan “Temurbeklar maktabi”da xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga ular lavozim maoshining 50 foiziga teng miqdorda har oylik ustama to‘lanadi.

“Temurbeklar maktabi” bitiruvchilari oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi, respublikaning boshqa oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdorida qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyozga ega bo‘ladi.

“Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilar, tarkibida “Temurbeklar maktabi” bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi bo‘yicha oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarsiz, harbiy-kasbiy saralash tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tash natijalari bo‘yicha kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

kvota Temurbeklar maktablari

Baholaganlar

2484

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing