OTMlar uchun qabul kvotalari tasdiqlandi
Jamiyat
−
26 iyul 16136 2 daqiqa
2025-2026 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Yangi o‘quv yilida bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha davlat OTMlariga uch xil ta’lim shaklida qabul amalga oshiriladi. Jumladan, kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 148 400 nafar abituriyent talabalikka qabul qilinadi.
Kunduzgi ta’lim uchun ajratilgan o‘rinlar ta’lim tiliga ko‘ra quyidagicha taqsimlangan:
- o‘zbek tilida – 124 339 ta;
- rus tilida – 19 125 ta;
- qoraqalpoq tilida – 4 121 ta;
- qozoq tilida — 375 ta;
- tojik tilida – 305 ta;
- qirg‘iz tilida – 75 ta;
- turkman tilida – 65 ta.
Kechki ta’lim shakli uchun 28 732 ta o‘rin belgilangan:
- o‘zbek tilida – 25 563 ta;
- rus tilida – 2 477 ta;
- qoraqalpoq tilida – 437 ta.
Masofaviy ta’lim shaklida bakalavriat uchun 18 195 ta o‘rin ajratilgan:
- o‘zbek tilida – 16 000 ta;
- rus tilida – 1 780 ta;
- qoraqalpoq tilida – 415 ta.
Magistraturaning kunduzgi ta’lim shaklida 20 210 ta o‘rin belgilangan bo‘lib, shundan:
- o‘zbek tilida – 17 263 ta;
- rus tilida – 2 947 ta.
Kechki magistratura uchun 1 319 ta o‘rin ajratilgan:
- o‘zbek tilida – 1 107 ta;
- rus tilida – 138 ta;
- qoraqalpoq tilida – 74 ta.
Masofaviy magistraturada 420 ta o‘rin belgilangan:
- o‘zbek tilida – 352 ta;
- rus tilida – 53 ta;
- qoraqalpoq tilida – 15 ta.
Jami holda, bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari uchun 45 422 ta davlat granti ajratilgan. Shuning 35 500 tasi bakalavriatga qabul qilingan talabalarning o‘qish xarajatlarini davlat hisobidan qoplashni nazarda tutadi. Magistratura bo‘yicha esa 9 922 ta grant ajratilgan.
Bundan tashqari, davlat tomonidan qo‘shimcha grantlar ham nazarda tutilgan:
- xorijiy va nodavlat OTMlar uchun – 1 320 ta;
- xotin-qizlar uchun – 4 000 ta;
- chet eldagi o‘zbekistonlik yoshlar uchun – 30 ta.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025/2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi