Temur Kapadze O‘zbekistonda “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb topildi
Sport
−
12:23 766 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hamda Namanganning “Navbahor” klubi bosh murabbiysi Temur Kapadze 2025 yilning eng yaxshi murabbiysi, deb e’tirof etildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimida ma’lum qildi.
Temur Kapadze ortda qolgan yil davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u terma jamoa bilan 2025 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan CAFA Nations Cup musobaqasida ham g‘olib chiqdi.
Kapadze mazkur sovrin uchun kechgan ovoz berish jarayonida – Ilyos Zaytullayev, vadim Abramov, Islombek Ismoilov va Komoliddin Tojiyevdan ustun keldi.
Ma’lumot uchun, Temur Kapadze 2025 yil dekabr oyida Namanganning “Navbahor” klubi bilan shartnoma imzolagan edi.
Live
Barchasi