“Temir” Mayk Toshkentga keldi (video)

Sport

image

Afsonaviy bokschi Mayk Tayson WBC tashkilotining yillik 61-Konvensiyasiga mezbonlik qilayotgan Toshkent shahriga yetib keldi.

Bugun tunda Mayk Taysonni Toshkent xalqaro aeroportida kutib olish marosimi bo‘ldi. Ushbu jarayonda QALAMPIR.UZ muxbiri ham ishtirok etdi va bokschiga mikrofon tutdi. 

Jurnalistning Toshkentdagi boks oqshomidan nima kutayotgani haqidagi savoliga sportchi bu yerdagi muhit haqida hali tanish emasligini aytib, hozircha biror fikr bildira olmasligini ma’lum qildi.

“Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo‘ladi”, deydi Tayson.

Ma’lumot uchun, Mayk Tayson 17 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Mayk Tayson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing