“Temir daftar”ga kimlar kiritiladi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan mutasaddi idoralar tomonidan shakllantirilgan moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan va a’zolari 1,7 million nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilalarga O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilandi. Buning uchun 380 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Ammo pullarni tarqatish jarayoni xolis va shaffof bo‘lmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar pul ololmagani yoki belgilanganidan kam pul olganidan shikoyatlar tarqaldi. Shunda savol tug‘ildi: Shaffof deb aytilayotgan “temir daftar”ga o‘zi kimlar kiritilgan? Bu savolga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva javob berdi.

Uning aytishicha, “Temir daftar” — karantin sharoitida ishsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning mahallada shakllantirilgan shaffof ro‘yxati ekan. “Temir daftar” o‘z navbatida fuqarolar yig‘inlari raisining sektor va hudud rahbari bilan hamkorlikdagi faoliyatini mustahkamlar emish.

“Temir daftar”ni yuritishda ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi, jumladan:

•    kam ta’minlangan;

•    nogironligi bo‘lgan;

•    ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar;

•    yakka-yolg‘iz keksalar;

•    doimiy ishsiz fuqarolar;

•    karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar;

•    og‘ir epidemiologik hududlardan qayrib kelingan fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘riladi.

Mas’ul xodimlar o‘zining kunlik amalga oshirgan ishlari yuzasidan “Temir daftar”idagi ma’lumotlarni saxovat.argos.uz saytiga raqamli imzo kaliti orqali elektron shaklda kiritib boradi;

“Temir daftar”ga tushgan oilaning hech bo‘lmaganda bitta a’zosini joriy yilda ish bilan ta’minlanib, shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarish choralari ko‘riladi.


Maqola muallifi

Teglar

temir daftar

Baholaganlar

1454

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing