Prezident 810 ming bolaga ajratgan 400 mlrd pullar yana talon-taroj qilinmaydimi? – Gulnora Ma’rupova bilan suhbat

Intervyu

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 26 avgust kuni “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Mazkur qarorga binoan mamlakatda “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini davom ettirish  hamda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh to‘plamlari, maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlash maqsadida:

  • moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan oilalarning 16 yoshga to‘lmagan bolalariga;
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 16 yoshga to‘lmagan bolalariga;
  • nogironligi bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan bolalarga 500 ming so‘mdan bir martalik yordam puli ajratilishi belgilandi.

Mazkur qarorga binoan 810 mingdan ortiq 16 yoshga to‘lmagan bolalarning har biriga 500 ming so‘mdan bir martalik yordam puli berilishi belgilangan. Xo‘sh, bu pullar qanday to‘lanadi? Umuman olganda, muhtoj oilalarning ro‘yxati qanday shakllantirildi? Bu safar ham o‘tgan galdagidek pullarni tarqatish jarayonida ta’magirlik va talon-taroj qilishga yo‘l qo‘yilmaydimi?

QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Ma’rupova bilan shular haqida suhbatlashdi.

  • Prezident qarorining ahamiyati;
  • “temir daftar” qanday shakllantirilishi;
  • pullarni tarqatish jarayonida mahalla raislari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xatolar va talon-taroj qilish holatlari;
  • asl muhtojlarning e’tibordan chetda qolayotgani;
  • pullarni tarqatish jarayoni qanday tashkil etilishi xususida so‘z borgan.

Ushbu videointervyuni QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. 
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

temir daftar 500 ming ko'makka muhtoj oilalarning

Baholaganlar

118

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing