Kam ta’minlanganlarga yordam berish tartibi soddalashtirildi
Jamiyat
−
24 Oktabr 2023 11995 1 daqiqa
Endilikda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam bir ish kunida tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan beriladi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 17 oktyabr kuni qabul qilingan 547-sonli qarori bilan Hukumatning ayrim hujjatlariga ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini soddalashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu hujjat “Temir daftar”ga kiritilgan ijtimoiy ahvoli og‘ir oilalarning muammolarini tizimli ravishda tezkor hal etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni belgilash zarurati munosabati bilan qabul qilingan.
"Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining sessiyalari oralig‘idagi davrda kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, zudlik bilan yordam ko‘rsatish zaruriyati yuzaga kelganda – “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam bir ish kunida tuman (shahar) hokimlari qarori bilan beriladi", deyiladi kam ta’minlanganlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartibda.
Ma’lum qilinishicha, mazkur hujjat joriy yilning 20 oktyabridan kuchga kirgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr