Bir yilda qancha sudya ishdan bo‘shatilgani aytildi
Jamiyat
−
06 mart
4394O‘zbekistonda adolatsiz qaror chiqargan sudyalar o‘qitiladi. Bu haqda Sudyalar Oliy kengashi raisining o‘rinbosari Alisher Jalilov yillik hisobot yig‘ilishi aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda birgina 2023 yilning o‘zida 49 ta sudyaning vakolat muddati vaqtidan avval tugatilgan.
"Tahlillar natijasida Respublika bo‘yicha reyting ko‘rsatkichlari pas sudyalar chaqirib olinib, ularning har biriga alohida reja asosida sudya, o‘qituvchi va Oliy sud sudyalari biriktiriladi, o‘qitiladi. Undan keyin yana bir karra chaqirib, nazariy va amaliy tajribalar ikki hafta mobaynida doim o‘qitib boriladi", deydi u
Ammo ular chiqargan qarorlar-chi? Shunday kasblar borki, bu soha vakillarining xato qilishga haqqi yo‘q. Xususan, shifokorlar, prezidentlar hamda sudyalar. Shunday ekan, ko‘rsatkichlari past chiqayotgan sudyalarni lavozimga qo‘yishdan avval yaxshilab o‘qitish kerak emasmi?! QALAMPIR.UZ bu mavzuga yana qaytadi.
LiveBarchasi