Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Jamiyat
−
25 dekabr 2025 6388 1 daqiqa
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Shuni nazarda tutuvchi hukumat qarori 23 dekabr kuni qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021 yil 24 noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709 son qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Yangilangan tartibda yer uchastkasini qisman qayta ijaraga berishda maydon me’yorlari, konturlar yaxlitligi hamda sug‘orish tizimini saqlash talablari belgilandi. Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi ijarachisining o‘zida qoladigan hamda qayta ijaraga oluvchiga o‘tkaziladigan yer maydoni Yer kodeksining 46¹-moddasida belgilangan eng kam o‘lchamlardan (0,06 gektardan 1 gektargacha) kam bo‘lmasligi shart.
Shuningdek, yer uchastkasini qisman qayta ijaraga berishda uni ijarachi va qayta ijaraga oluvchi o‘rtasida taqsimlash qishloq xo‘jaligi xaritasidagi konturlar yaxlitligini hamda amaldagi sug‘orish tizimini saqlagan holda amalga oshirilishi belgilandi. Bu jarayon alohida turgan konturlarni qayta taqsimlash orqali bajariladi.
Bundan tashqari, yer uchastkasini qisman qayta ijaraga berishda taraflar yerni bo‘lish va yangi chegaralarini belgilash bilan bog‘liq davlat xizmatlaridan foydalanishi ko‘zda tutilgan
Live
Barchasi