Endi “Moviy daftar” ham yuritiladimi? Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan “Moviy daftar” ro‘yxati shakllantirilishi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Vazirlik bu xabarlarga munosabat bildirib, ularni rad qilgan. Shuningdek, mamlakatdagi mavjud fuqarolar yig‘inlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aholining ma’lum bir toifalarini o‘z ichiga olgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” yuritilishini eslatib o‘tgan.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bu “daftar”larning mohiyatiga ham to‘xtalib o‘tgan.

“Temir daftar” — karantin sharoitida ishsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning fuqarolar yig‘inlari va hududlardagi tegishli sektorlar tomonidan shakllantirilgan shaffof ro‘yxati. Mazkur ro‘yxatning ijtimoiy ahamiyati shundaki, unga kiritilgan oilalarga ma’lum bir davr mobaynida ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rasatiladi, oila a’zolarining munosib ish bilan band qilish choralari ko‘riladi.

“Ayollar daftari” — ishsiz va boquvchisini yo‘qotgan ayollarning fuqarolar yig‘inlari hamda hududlardagi tegishli sektorlar tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxatidir. Bu ro‘yxatga kiritilgan ayollarni ish va uy-joy bilan ta’minlash choralari ko‘riladi. Ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish borasida barcha zarur yordamlar ko‘rsatiladi.

“Yoshlar daftari” — fuqarolar yig‘inlari, sektor va Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari hamkorligida ma’lum bir hududdagi 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan ishsiz yoshlar ro‘yxatidir. Mazkur ro‘yxatga ishsiz, ishga muhtoj nogiron yoshlar, shuningdek, xorijdan qaytgan, JIEMdan ozod etilgan, harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar kiritiladi hamda ularga o‘zlarining mavjud muammolari bo‘yicha zarur yordamlar ko‘rsatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

temir daftar

Baholaganlar

126

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing