Telegram O‘zbekistonda ofis ochishni rejalashtirmoqda
Jamiyat
−
18 Oktabr
2337Telegram kompaniyasi O‘zbekistonda o‘zining filialini ochishi mumkin. Bu haqda kompaniyaning LinkedIn sahifasida ma’lum qilindi.
Kompaniyaning LinkedIn platformasida O‘zbekistondagi ofis direktori lavozimi uchun vakansiya e’lon qilingan.
Ma’lumot uchun, Telegram asoschisi Pavel Durov joriy yilning yozida O‘zbekistonga kelgan va mamlakat rasmiylari bilan uchrashgandi.
“O‘zbekiston Telegram'ni yaxshi ko‘rar ekan. 37 millionlik mamlakat aholisining 70 foizdan ortig‘i ushbu platformani afzal ko‘radi va ularning butun bir iqtisodiyoti biz yaratgan platformada olib boriladi. Hattoki, ular yaratgan har bir biznesning o‘z Telegram boti yoki kanali mavjud. Biz bunday mashhurligimizdan faxrlanamiz va bu davlat aholisini doimo yaxshi ko‘ramiz”, degan Telegram asoschisi mamlakatga safari haqida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Respublikasining Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmika sanoati vazirligi mamlakatda Telegram messenjeri vakolatxonasi ochilishi kutilayotganini ma’lum qilgandi. Vazir Jaslan Madiyevning ma’lum qilishicha, mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, Telegram, WhatsApp va TikTok kabi internet platformalar endilikda Qozog‘istonda rasmiy vakilga ega bo‘lishi shart. Telegram bilan vakil tayinlash va ofis ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bu qadam kontent ustidan nazoratni oshirish uchun muhim bo‘lib, mamlakat foydalanuvchilarining xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr