Telegram teraktlarga chaqiruvchi xabarlarning oldini olish choralarini ko‘ra boshladi
Texnologiya
−
29 mart
6194Telegram teraktlarga chaqiruvchi xabarlarning oldini olish choralarini boshladi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“To‘rt kun avval Telegram teraktlarga chaqiruvchi xabarlarning oldini olish choralarini ko‘ra boshladi”, deydi u.
Durovning qayd etishicha, mutaxassislar ushbu faoliyatni bostirish uchun texnik va tashkiliy choralarni qo‘llagan.
Messenjer asoschisi bu tufayli teraktlarga chaqiruvchi xabarlarni yuborishga bo‘lgan o‘n minglab urinishlarni to‘xtatish mumkin bo‘lganini ta’kidladi. Qoidabuzarlarning Telegram akkauntlari bloklangan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya, Ukraina va Belarusdan kelgan barcha foydalanuvchilar aprel oyi boshidan shaxsiy xabarlar yuborishi mumkin bo‘lganlar doirasini cheklash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
"Telegram spam-xabarlar va zo‘ravonlikka chaqiriqlar uchun joy emas", deya xulosa qildi Durov.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr