Telegram ikkita yangi veb-versiyani ishga tushirdi 

Texnologiya

image

Telegram messenjeri bir vaqtning o‘zida ikkita yangi veb-versiyasini ishga tushirdi. Bu haqda loyiha veb-saytida aytilgan.  

Ishlab chiquvchilar mayda-chuyda narsalarga vaqt sarflamaslikka qaror qildi va bir vaqtning o‘zida ikkita versiyani yaratdi: ish stoli va mobil qurilmalar uchun. 

Ikkala versiya ham mashhur platformaning aksariyat xususiyatlarini saqlaydi. 

"Siz Telegram dasturining ikkita yangi to‘liq ishlaydigan veb-versiyasini sinab ko‘rishingiz mumkin - ikkalasi ham animatsion stikerlarni, qorong‘u rejimni, chat papkalarini va boshqalarni o‘zida saqlaydi", deyilgan xabarda. 

Telegram ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya "ichki raqobatga ishongani" uchun ikkita versiya ishlab chiqilgan. 

Ta’kidlanishicha, ushbu dasturlar kompyuterlar va smartfonlarda bir xil darajada yaxshi ishlaydi. 

Bundan tashqari, Telegram dasturlar do‘konidan olib tashlanganda foydalanuvchilar messenjerni brauzer orqali ochishlari mumkin bo‘ladi. 

Avvalroq, Telegram messenjerida har qanday chatdagi xabarlarni avtomatik ravishda o‘chirish imkonini beruvchi funksiya yaratilgani haqida xabar bergandik.  

Ma’lumot o‘rnida, Telegram ilovasi 2013 yilda "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Pavel Durov tomonidan taqdim etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Telegram

Baholaganlar

990

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing