Telegram’ga “pora“ berib, reklamani o‘chirish mumkin bo‘ladi

Texnologiya

image

Telegram’dagi kanal egalariga reklamalarni o‘chirib qo‘yish imkoniyati beriladi. Ko‘plab foydalanuvchilar messenjerda reklama qo‘yish imkoniyati paydo bo‘lishi haqidagi xabardan so‘ng, shunday taklif bilan chiqqan. Bu haqda Telegram asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.

“Biz ushbu yangi funksiya ustida ishlashni boshladik va uni shu oyda ishga tushirishni kutmoqdamiz. U arzon obuna shaklida tashkil etilishi mumkin, bu foydalanuvchilarga Telegram rivojlanishini bevosita moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi”, degan Durov.

Messenjer asoschisi, ba’zi kanallar egalari ham reklamalarni “o‘chirish” istagini bildirgan.

“Ayni paytda biz ushbu imkoniyatning iqtisodiy shartlarini hisoblaymiz. Reklama beruvchilar tez orada istalgan kanalga “ko‘rinmas” reklama joylashtirishlari mumkin bo‘ladi, agar har bir ko‘rish uchun yetarli mablag‘ bo‘lsa, bu kanalda hech qanday reklama chiqmaydi”, deydi Durov.

U Telegram’ni bezarar loyihaga aylantirish uchun kerakli xizmatlar ustida ishlash davom ettirilishini qayd etgan. Bunda foydalanuvchilar va kontent mualliflarining manfaatlari birinchi darajali bo‘lishi qo‘shimcha qilingan.

Avvalroq, Telegram’da reklama paydo bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Durov reklama foydalanuvchilar uchun deyarli ko‘rinmas bo‘lishini va bundan tashqari, u shaxsiy yozishmalar va guruhlarda, shuningdek chatlar ro‘yxatida bo‘lmasligiga va’da bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pavel Durov Telegram

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing