Telegram’da yangi funksiyalar paydo bo‘ldi 

Texnologiya

image

Telegram messenjerida yangi funksiyalar paydo bo‘ldi. Bu haqda messenjer saytida xabar berilgan.  

Ta’kidlanishicha, endi videokonferensiya rejimida 30 tagacha ishtirokchi bir vaqtning o‘zida kameradan video yoki ekrandan tasvir uzatishi mumkin. Bundan tashqari, videokonferensiya 1000 tagacha tomoshabinni qo‘llab-quvvatlay boshladi, buning yordamida Telegram orqali ma’ruzalar, konsertlar va boshqa ommaviy tadbirlar translyatsiyalarini ko‘rish mumkin. 

“Videoxabar keraksiz videolarni telefoningizga saqlamasdan, bo‘layotgan voqealarni do‘stlaringiz bilan tezda baham ko‘rishga imkon beradi. Bundan buyon videoxabarlardagi tasvirlarning sifati va ravshanligi oshirildi”, deyilgan nashrda. 

Bundan tashqari, pauza tugmachasini bosib, videoxabarni orqaga yoki oldinga o‘tkazish mumkinligi ta’kidlangan. Ilovaning yangilangan versiyasi 0,5, 1,5 yoki 2X tezlikni tanlab, video yozishni sekinlashtirish yoki tezlashtirish imkonini beradi. 

Bundan buyon, ekranni guruhli videoqo‘ng‘iroqlarda ham, ikki foydalanuvchi o‘rtasidagi qo‘ng‘iroqda ham translyatsiya qilish mumkinligi aytilgan. Bunday holda, nafaqat tasvir, balki qurilmaning ovozi ham translyatsiya qilinadi. 

Bundan tashqari, kompyuterlar uchun Telegram ilovasida tasvirni tahrirlash imkoniyati paydo bo‘lgan: rasm yoki skrinshot yuborishdan oldin tasvirni kesish yoki aylantirish, unga rasm yoki stiker qo‘shish mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Telegram

Baholaganlar

1505

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing