Telegram asoschisi Rossiyaning eng ko‘p “qashshoqlashgan” milliarderi deb topildi

Texnologiya

image

“Forbes” 2022 yilda eng ko‘p boyligini yo‘qotgan rossiyalik milliarderlarning ro‘yxatini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Telegram asoschisi Pavel Durov mamlakatning eng ko‘p “qashshoqlashgan” milliarderi deb topilgan. 

Ma’lum qilinishicha, rossiyalik milliarderlar uchun o‘tgan yili anchayin omadli kelib, ularning aksariyati boyligini oshirib olishga muvaffaq bo‘lgan. Shunga qaramay, daromadi kamaygan boylar ham yo‘q emas. Bir yil ichida “Forbes”ning rossiyalik milliarderlar ro‘yxatidagi 110 nafar ishtirokchidan faqatgina 13 tasining boyligida pasayish kuzatilgan. Bu ro‘yxatning boshida esa Pavel Durov turibdi. 

Umuman olganda, 13 nafar milliarder jami 8,5 milliard dollar yo‘qotgan. Durovning daromadi esa 3,6 milliard dollarga pasaygan. Hozirda uning boyligi 11,5 milliard dollarni tashkil etmoqda. O‘tgan yili Telegram'ning asosiy raqibi, Sukerbergning Meta kompaniyasiga tegishli bo‘lgan WhatsApp'da pasayish kuzatildi. Meta aksiyalari qiymati keskin tushib ketgan, bunday holat Snapchat platformasida ham kuzatilgandi. Analog kompaniyalardagi pasayish Telegram'da ham aks etgandi. Natijada Durovning boyligi ham kamaygan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Pavel Durov va boshqa bir qator milliarderlar “Forbes”dan ularni "rossiyalik ishbilarmonlar” deb atamaslikni so‘ragandi. Shuningdek, 2022 yilda Rossiyaning eng badavlat odamlari ro‘yxati e’lon qilinganida Durov uchinchi o‘rinda qayd etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pavel Durov Telegram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing