Durov va Milner kabi millarderlar “rossiyalik” nomidan tonmoqda – “Forbes”

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi bilan aloqador bir qator tadbirkorlar “Forbes” jurnali noshirlaridan ularni “rossiya ishbilarmonlari” deb atamaslikni so‘ragan. Ular orasida VKontakte va Telegram asoschisi Pavel Durov ham bor. Bu haqda nashrning o‘zi ma’lum qildi.

“Pavel ko‘p yillar oldin Rossiyani tark etgan va qaytib kelmaydi”, degan Durovning vakili “Forbes”ga.

Pavel Durov Sankt-Peterburgda tug‘ilgan va so‘nggi yillarda Dubayda yashaydi. 2021 yilda u Fransiya fuqaroligini oldi, shuningdek, Sent-Kits va Nevis pasportiga (Karib dengizining sharqiy qismidagi orol davlati) ega.

Rossiya bilan bog‘lanishni istamaydigan boshqa ishbilarmonlar orasida:

• Aka -uka Igor va Dmitriy Buxmanlar ham bor. Ular 2004 yilda Vologdada mobil o‘yinlar ishlab chiqaruvchi “Playrix” kompaniyasiga asos solgan va 2013 yilda biznesini Irlandiyaga ko‘chirgan. 2016 yilda aka-uka Isroilga ketgan, hozir esa Londonda yashaydi.

• “Revolut ” asoschilaridan biri Nik Storonski Rossiyada tug‘ilib o‘sgan, 20 yoshida boshqa davlatga ketgan. Uning vakili tadbirkor Britaniya fuqarosi ekanligini aytgan.

• Yevgeniy Shvidler — Roman Abramovichning sherigi va “Millhouse” investitsiya kompaniyasi rahbari. Biznesmenning nomi oshkor etilmagan “hamrohi” “Forbes”ga janob Shvidler Rossiya Federatsiyasi fuqarosi emas va hech qachon bo‘lmaganligini aytgan. Tadbirkor Ufada tug‘ilgan, ammo hech qachon Rossiya pasportiga ega bo‘lmagan. 1994 yilda AQSH fuqarosi, 2010 yilda Britaniya fuqaroligini olgan.

• Investor Leonard Blavatnik. Asli Ukraina SSRda tug‘ilgan, 1978 yil 21 yoshida AQSHga ketgan. “Forbes”ning ta’kidlashicha, tadbirkor Viktor Vekselberg bilan hamkorlikda boyib ketgan. Jurnalga ko‘ra, Blavatnik “Warner Music”, “LyondellBasell” neft-kimyo kompaniyasi va “Tory Burch” yorlig‘iga sarmoya kiritgan hamda Stenford, Garvard va Oksford universitetlariga katta miqdorda xayriya qilgan. Uning matbuot kotibi aytishicha, tadbirkor rus emas va hech qachon oligarx bo‘lmagan. U AQSH va Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega. 

• Yuriy Milner — “Forbes” tomonidan "Rossiyadagi eng kuchli texnologiya investori" deb ta’riflangan. Moskvada tug‘ilgan. Uning veb-saytida u 1999 yildan beri Isroil fuqarosi ekanligi aytilgan. 2014 yildan beri Kaliforniyada yashaydi. Shundan keyin u Rossiyada bo‘lmagan va mamlakatda hech qanday mol-mulki yo‘q.

Ma’lumot uchun, ko‘plab rossiyalik ishbilarmonlar Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti tufayli Yevropa Ittifoqi davlatlari va AQSHning sanksiyalari ostida qoldi. Sanksiyalar doirasida tadbirkorlarning barcha aktivlari muzlatiladi. Alfa-bankning qora ro‘yxatiga kiritilgan asoschisi Mixail Fridman hatto farroshga ham puli yo‘qligidan shikoyat qildi. Kreml rossiyalik tadbirkorlarga qarshi barcha cheklovlarni banditizm deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

458

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made