“Forbes” rossiyalik eng boy milliarderlari reytingini e’lon qildi

Olam

image

“Forbes” 2022 yil uchun Rossiyaning eng badavlat odamlari ro‘yxatini e’lon qildi. Bu safar reytingdan faqat bir milliard dollardan ortiq aktivga ega bo‘lgan 88 nafar milliarder joy oldi.

Reytingda birinchi o‘rin Novolipetsk temir-po‘lat zavodi direktorlar kengashi raisi, 66 yoshli Vladimir Lisinga nasib etdi. Uning boyligini nashr 18,4 mlrd dollarga baholagan. Ikkinchi o‘rinni esa “Norilsk Nikel” prezidenti Vladimir Potanin egalladi. Uning 2022 yildagi aktivlari 17,3 mlrd dollarni tashkil etgan.

Kuchli uchlikni Telegram asoschisi Pavel Durov yakunladi. Nashr uning boyligini 15,1 mlrd dollarga baholagan. Biroq, Durovning o‘zi nashrdan uni rossiyalik milliarder demasligini so‘ragan. Yaqinda Telegram asoschisi Birlashgan Arab Amirliklari fuqaroligini oldi.

USM Holdings hammuassisi Alisher Usmonov reytingda yettinchi o‘rinni egalladi. Uning boyligi 6,9 mlrd dollarga kamayib, 11,5 mlrd dollarga baholangan. 

Bundan tashqari ro‘yxatdan “Novatek” boshqaruvi raisi Leonid Mixelson (boyligi 14 mlrd dollar), Aleksey Mordashov va oilasi (13,2 mlrd dollar), “LetterOne Holdings” direktorlar kengashining sobiq a’zosi Mixail Fridman (11,8 mlrd dollar) ham joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing