Iroqda AQSH bazasiga hujum qilindi

Olam

image

Kecha, 12 yanvarda Iroq shimolidagi AQSH harbiylari foydalanadigan Balad aviabazasiga hujum qilindi. Bazaga hujum vaqtida 4 kishi yaralangan. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar berdi. 

Iroqlik harbiylar bayonotida aytilishicha, bazaga Bag‘doddan 80 km shimoldan “Katyusha” turidagi 8 ta raketa bilan zarba berilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum vaqtida iroqlik askarlar yaralangan. Ularning ta’kidlashicha, 7 ta raketa uchish-qo‘nish yo‘lagiga tushgan. Hujumda amerikaliklar jarohatlangani haqida xabar tushmagan. 

Bayonotda hujum ortida kim turganiga aniqlik kiritilmagan.

8 yanvarda Eron qurolli kuchlari Islom inqilobi posbonlari korpusining “Quds” maxsus bo‘linmasi generali Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishiga javoban Iroqda AQSH foydalanadigan - Bag‘doddan 160 km uzoqlikda joylashgan Ayn-al-Asad aviabazasi va mamlakat shimolidagi Erbil aeroportiga raketa zarbalari bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Iroq aviabaza

Baholaganlar

1562

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing