Tel-Avivda minglab odamlar hukumatga qarshi namoyishga chiqdi
Olam
−
25 dekabr 2023
608324 dekabr kuni kechqurun Tel-Aviv markazidagi Habima maydonida Isroil hukumati va Bosh vazir Binyamin Netanyaxuga qarshi namoyishda minglab odamlar to‘plandi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Odamlar "Biz to‘xtamaymiz" shiori ostida saylov o‘tkazish va garovga olinganlarni uylariga qaytarish uchun hukumatdan chora ko‘rishni talab qilgan.
O‘g‘li HAMAS bilan to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan Sigalit Xilel yig‘ilganlarga “qaysi davlatda ona o‘g‘lini vahimali videolardan qidiradi va uni o‘lishini emas, hech bo‘lmaganda "dushman tashkiloti" tomonidan o‘g‘irlab ketilishini istab qoladi”, deydi.
Shuningdek, mitingda isroillik ofitser Lior Sela ham so‘zga chiqib, "Men (armiyadan) ozod bo‘lishim bilan, bu katta muvaffaqiyatsizlik uchun javobgarlarni sudga beraman", degan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 dekabr kuni Amerikaning Los-Anjeles shtatida Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyish bo‘lib o‘tgan edi.
LiveBarchasi