Tel-Aviv, Vashington va Doha G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Olam

image

Isroil HAMAS bilan sulh bo‘yicha kelishmoqchi emas, biroq davlatlar koalitsiyasi hozirda G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Rossiyaning Isroildagi elchisi Aleksandr Ben Svi “Rossiya-24” telekanalida ma’lum qildi. 

“Sulh bo‘yicha muzokaralar yo‘q. HAMAS bilan kelishuv haqida gaplashadigan gap qolmagan”, deydi Aleksandr Ben  Svi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Mossad” boshlig‘i – Devid Barnea, AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi boshlig‘i – Uilyam Byorns va Qatar Bosh vaziri ayni paytda sulh va garovga olinganlarni ozod qilish uchun yechim topishga harakat qilyapti.

Elchining iddao qilishicha, Isroilning asosiy maqsadi 7 oktyabr kungi voqealar boshqa takrorlanmasligi uchun HAMASni yo‘q qilish, garovga olinganlarni ozod qilish.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi oxirida Qatarda Isroil va HAMAS o‘rtasidagi yangi "uzoq muddatli sulh" kelishuvini muhokama qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil sulh HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing