Tekshiruvdan so‘ng Wildberries O‘zbekistonda 50 mlrd so‘m soliq to‘ladi
Jamiyat
−
06 mart 2025 8753 1 daqiqa
Rossiyaning Wildberries marketpleysi O‘zbekistonda 50 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Wildberries (“RVB” MCHJ Rossiya Federatsiyasi rezidenti) marketpleysining O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyati soliq qonunchiligidagi ayrim talablariga mos kelmasligi aniqlangan. Wildberries O‘zbekistonda “Wb int export” MCHJ shaklida yuridik shaxs tashkil etib, faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.
Tashkilotda soliq auditi o‘tkazilib, 2022–2024 yillar uchun byudjetga qo‘shimcha hisoblangan 51,2 mlrd so‘m (shundan, 42,8 mlrd so‘m QQS) soliq to‘lovlari to‘langan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq boshqa bir – Xitoyning Temu marketpleysi joriy yilning 20 martidan boshlab O‘zbekistonda cheklanishi xabar qilingan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025