Texnikum va kollej pedagoglarining maoshi o‘qituvchinikiga tenglashtiriladi
Jamiyat
−
15 iyun 2022
128122023 yil 1 yanvardan kollej va texnikumlarda dars beruvchi pedagog hamda ustalar maoshi o‘rta maktab o‘qituvchilari oyligiga tenglashtiriladi. Bu haqda bugun, 15 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.
Yig‘ilishda professional ta’lim pedagog va ustalari uchun munosib sharoit qilib berish, ularning kasbiy mahoratini oshirib boradigan tizim yaratish zarurligi ta’kidlangan.
“Ochiq aytish kerak, 2 million so‘m oylik olayotgan texnikum yoki kasb-hunar maktabi muallimlaridan kamida 5 million so‘m ish haqi oladigan mutaxassislar tayyorlab berishni talab qilyapmiz”, dedi Prezident.
Shu bois, kelgusi yil 1 yanvardan:
• professional ta’limdagi pedagog va ustalar oyligi o‘rta maktab o‘qituvchilariga tenglashtiriladi;
• o‘qituvchilar malaka toifasi uchun to‘lanadigan ustama o‘rtasidagi farq 2 barobarga oshiriladi;
• erishgan natijasiga qarab, fidoyi va tashabbuskor pedagog kadrlarning oyligiga 50 foizgacha ustama to‘lash joriy etiladi.
Ta’kidlanishicha, kelgusi yilda buning uchun byudjetdan qo‘shimcha 150 milliard so‘m ajratiladi.
Shu bilan birga, professional ta’lim muassasalari pedagoglari malakasini oshirishda yangi tizim yaratiladi. Universitetlar huzuridagi malaka oshirish fakultetlari o‘rniga har bir viloyatda Professional tayyorgarlik markazlari tashkil etiladi.
LiveBarchasi