Tegajog‘lik qilgan erkakni pichoqlab o‘ldirgan ayol 6 yilga qamaldi

3-sahifa

image

2022 yilning 4 sentyabr kuni Toshkent shahridagi umumiy ovqatlanish joyida ishlovchi ayol hamkasbini pichoqlab qo‘ygani haqida xabar berilgandi. Sud hukmi bilan ayol 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. 

Ayblanuvchining so‘zlariga ko‘ra, ish vaqtida tanish bo‘lgan erkak hamkasbi unga tegajog‘lik qilgan. U o‘zini himoya qilish maqsadida qo‘liga oshxona pichog‘ini olib, unga pichoq tiqib olgan.

Uning qayd etishicha, erkak unga ko‘p vaqt davomida shilqimlik qilib yurgan.

“Men bu ishni qasddan qilmadim. O‘zimni himoya qilmoqchi bo‘ldim. Agar uni o‘ldirish maqsadim bo‘lganida avval menga tegajog‘lik qilib yurgan vaqtlari o‘ldirgan bo‘lardim. Bu ish bexosdan sodir bo‘ldi”, deydi ayblanuvchi.

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan aybdor deb topilib, 6 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahri Tegajog'lik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing