TDYUUda kontrakt miqdori kamaytirildi
Jamiyat
−
20 iyun 2020
28220O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan Toshkent davlat yuridik universitetida to‘lov-kontrakt miqdori pasaytirildi. Bu haqda muassasa rasmiy saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, universitet kengashi 2020/2021-o‘quv yilida to‘lov-kontrakt miqdorini oldingi o‘quv yilidagi to‘lov miqdoridan arzonlashtirgan holda belgilashga qaror qilishgan.
Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriati va magistraturasida 2019/2020 va 2020/2021 o‘quv yillari uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorlari to‘g‘risida taqqoslama ma’lumot (so‘mda)
Eslatib o‘tamiz, 2020-2021 o‘quv yilidan o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga oliy ta’lim muassasalari to‘lov-kontrakt miqdorini o‘zi belgilaydi.
Ma’lumot uchun, bugundan O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi. Qabul bir oy davom etadi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15