Tbilisida qurollangan shaxs 9 kishini garovga oldi

Olam

image

Noma’lum shaxs qurollangan holatda Gruziya poytaxti Tbilisining Sereteli prospektida joylashgan mikromoliyalash tashkiloti binosiga bostirib kirdi. Bu haqda bugun, 20 noyabr kuni Gruziyaning "Imedi" telekanaliga asoslanib TASS xabar berdi

Ayni paytda binoga tutash hudud qamal qilingan. Politsiya otryadlari safarbar qilingan. 

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qurollangan shaxs to‘qqiz kishini garovda ushlab turibdi. "Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, bino ichidagi qurollangan shaxs to‘qqiz kishini ushlab turibdi", deydi IIV patrul politsiyasi boshlig‘i Vaja Siradze.

Tashkilotning ofisi ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan. Politsiya aholini hali evakuatsiya qilgani yo‘q. Ayni paytda guvohlar, bir nechta hujumchilar borligini xabar qilmoqda. Ulardan biri qo‘lda granata ushlab turibdi. 

Politsiya barcha telekanallardan garovga olinganlar va Ichki ishlar vazirligi xodimlarining xavfsizligi uchun voqea joyidan jonli efirni to‘xtatishni so‘radi. Ushbu hududdan 200 metr masofada politsiya uchastkasi joylashgan. 

Ichki ishlar vazirligi vakilining ta’kidlashicha, Gruziya Jinoyat kodeksining "Talonchilik" va "Qurolni noqonuniy olish, saqlash, olib yurish" moddalari jinoiy ish bilan qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tbilisi

Baholaganlar

89

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing