Tbilisida Gruziyaning YeIga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlovchi marsh bo‘lib o‘tdi

Olam

image

Gruziyaga Yevropa Ittifoqi (YeI) a’zoligiga nomzod maqomi berilishi haqidagi qaror e’lon qilinishi arafasida Tbilisi markazida o‘tkazilgan “Yevropa Ittifoqi uchun sizning ovozingiz” marshida yuzlab odamlar ishtirok etdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Mahalliy telekanallar ushbu marshni to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etgan.

Aksiya Tbilisi markazidagi Respublika maydonida mahalliy vaqt bilan soat 14:00 dan boshlangan. Aksiya ishtirokchilari, jumladan, fuqarolik faollari va muxolifatchi siyosatchilar taxminan 3,5 km uzoqlikda joylashgan Yevropa maydoniga qarab harakatlanishdi. Garchi mamlakat prezidenti Salome Zurabishvili aksiyada ishtirok etishni rejalashtirgan bo‘lsa-da, u yurishning dastlabki bosqichlarida qatnashmagan.

Fuqarolar transport harakati uchun yopiq yo‘l bo‘ylab, maxsus ishlab chiqilgan yirik Yevropa Ittifoqi bayrog‘ini ko‘tarib yurishgan. Aksiya tashkilotchilarining ma’lum qilishicha, bayroqning uzunligi 33 metr, kengligi esa 22 metrni tashkil qiladi. Yevropa Ittifoqi bayrog‘idagi 12 ta yulduz Gruziyaning turli hududlarida aks ettirilgan. Marsh tashkilotchilarining fikricha, uning mohiyati Yevropaga gruzin xalqining Yevropa Ittifoqining bir qismi bo‘lish istagini yana bir bor ko‘rsatishdan iborat.

Ma’lumot o‘rnida, 8 noyabr kuni Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi kengashiga Bosniya va Gersegovina, Moldova va Ukraina bilan ittifoqqa qabul qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni, shuningdek, Gruziyaga a’zolikka nomzod maqomini berishni tavsiya qilgan edi. Yevrokengash Gruziyaga nomzod maqomini berish haqidagi yakuniy qarorini 15 dekabr kuni e’lon qilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Tbilisi EI

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing