“...tayyor bo‘lishimiz kerak”. To‘qayev xalqini rus deputatining yer bo‘yicha iddaosiga qarshi turishga chaqirdi
Olam
−
05 yanvar 2021
15438Ma’lumki, shu kunlarda Qozog‘iston yerlariga sobiq mustamlakachi Rossiya tomonidan iddaolar ilgari surilmoqda. Ushbu masala o‘tgan yilning dekabr oyi boshlarida, Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining Ta’lim va fan bo‘yicha qo‘mitasi raisi Vyacheslav Nikonov “Birinchi” telekanaliga bergan intervyusida “Qozog‘iston hududi Rossiya (va SSSR) ning ajoyib sovg‘asi”, deganidan keyin boshlandi.
Ayni vaqtda mazkur masala Qozog‘iston siyosiy elitasining diqqat markazida turibdi. Mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Yegemen Kazaxstan” gazetasi e’lon qilgan “Mustaqillik – eng qadrli ne’mat” nomli maqolasida Qozog‘iston yerlariga nisbatan bo‘layotgan qo‘l uzatishlarga har qanday yo‘l bilan qarshi turish kerakligini urg‘uladi.
Prezident mamlakat yerlari chet elliklarga hech qanday tarzda sotilmasligini aytdi.
U Qozog‘iston yerlari ajdodlar xalqqa qoldirgan eng buyuk meros va qadriyat ekanini ta’kidlarkan, shunday zadi:
“Ajdodlarimizdan meros qolgan muqaddas zamin – bizning asosiy boyligimizdir. Qozoqlarga bunday ulkan hududni hech kim tashqaridan bermagan. Bugungi tarix 1991 yoki 1936 yillarda o‘lchanmaydi. Bizning xalqimiz Qozoq xonligi, Oltin O‘rda, Turk xoqonligi, xun va saklar davrida yashab o‘sgan. Xulosa qilib aytganda, milliy tariximizning chuqur ildizlari qadim zamonlarda yotadi Umuman olganda, tarixni siyosatchilar emas, tarixchilar o‘rganishlari kerak”, deydi Prezident.
To‘qayevning ta’kidlashicha, “mamlakatning hududiy yaxlitligini shubha ostiga qo‘yadigan va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini tanqid qiladigan ba’zi bir chet el fuqarolarining provokatsion harakatlariga rasmiy va ommaviy ravishda qarshi turish kerak”. Shuningdek, Prezident ular bilan muloqotda ham ayrim cheklovlar o‘rnatish kerakligini aytadi.
Prezident mustaqil Qozog‘istonning hududiy yaxlitligini butun dunyo hamjamiyati tan olganligini va bu masalada hech kim bahslasha olmasligini ta’kidlaydi.
“Biz milliy manfaatlarni har qanday usul bilan himoya qilishga tayyor bo‘lishimiz kerak”, deb qo‘shimcha qildi To‘qayev.
Ma’lumot o‘rnida, “Yagona Rossiya” partiyasi a’zosi, Rossiya Davlat Dumasi deputati Vyacheslav Nikonov televideniyedagi “Katta o‘yin” dasturida “Qozog‘iston hududi Rossiya va Sovet Ittifoqining ajoyib sovg‘asi”, deb aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Yagona Rossiya" partiyasining yana bir a’zosi, Davlat Dumasi deputati Yevgeniy Fyodorov Nikonovning pozitsiyasiga qo‘shildi va bundan tashqari, Qozog‘iston o‘z hududlarini Rossiyaga berishi kerakligini aytdi.
Keyinchalik Nikonov Qozog‘iston Respublikasi chegaralariga aylangan Qozog‘iston SSR chegaralarini belgilashda Qozog‘iston manfaatlari to‘liq hurmat qilinishini tushuntirdi.
Qozog‘istonda rus siyosatchilarining bayonotlari salbiy qabul qilindi. Ba’zi bir rus siyosatchilarining Qozog‘istonga qarshi tez-tez provokatsion hujumlari davlatlar o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlariga jiddiy zarar yetkazayotgani qayd etildi.
Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi ba’zi rossiyalik deputatlarning bayonotlari Rossiyaning rasmiy pozitsiyasiga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.
LiveBarchasi