Tayvandagi zilziladan jabrlanganlar soni 700 nafardan oshdi
Olam
−
03 aprel
5393Bugun, 3 aprel kuni Tayvanda sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, 736 kishi jarohat oldi. Bu haqda Xitoyning "Chjunshi sinvenvan" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, taqdim etilgan qurbonlar sonidan tashqari yana halokatdan jabr ko‘rganlar bo‘lishi mumkin. "Taroko" milliy bog‘ida mingga yaqin odam o‘tish yo‘lining berkilib qolgani sababli qolib ketgani taxmin qilinmoqda.
"Bog‘da jami 680 kishidan iborat 215 ta turistik guruhlar mavjud. Tog‘lardan tosh qulashi oqibatida kamida ikki kishi jarohatlangan. Ulardan biri shifoxonaga yotqizilgan. Park hududida joylashgan aholi punktlarida 300 dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Bundan tashqari, yana 120 kishi park xodimlari", deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tayvanning sharqiy qirg‘oqlarida kuchli zilzila sodir bo‘lib, keyin yana kuchli silkinishlar kuzatilgandi.
Rayhona Ulkanbayeva