Tayvan rekord darajada ko‘p Xitoy samolyotlari mamlakat hududiga kirganini e’lon qildi

Olam

image

Kecha, 2 oktyabr kuni Xitoy armiyasining 39 ta harbiy samolyoti Tayvan havo hududiga kirdi. Bu haqda Tayvan Mudofaa vazirligi xabar berdi. Bu qadar ko‘p Xitoy harbiy texnikasining bir vaqtning o‘zida Tayvan havo hududi chegarasini kesib o‘tishi ilk bor kuzatildi.

Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy samolyotlarining chegarani kesib o‘tishi ikki bosqichda sodir bo‘lgan. Shanba kuni tushdan keyin havoda 20 ta harbiy samolyot, shu jumladan 14 ta to‘rtinchi avlod J-16 qiruvchi samolyoti, to‘rtta Su-30 va ikkita Y-8 transport samolyoti ko‘ringan. O‘sha kuni kechqurun Tayvan tizimlari havo hududida Xitoyning 19 ta harbiy samolyotini, shu jumladan 12 ta J-16 qiruvchi samolyoti va bitta KJ-500 samolyotini aniqlagan.

Tayvan, o‘z navbatida, Xitoy samolyotlarining parvoz yo‘nalishini qo‘riqlash uchun havo kuchlarini harakatga keltirgan.

Bir kun oldin Xitoyning 38 ta harbiy samolyoti Tayvan sohillariga yuborilgan edi. J-16, Su-30, KJ-500 va Y-8 samolyotlaridan tashqari, parvozlar guruhida to‘rtta N-6 bombardimonchisi bor edi.

Xitoyning “The Global Times” gazetasi juma kunidagi parvoz harbiy mashqlar doirasida amalga oshirilganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Tayvanning ma’muriy maqomi belgilanmagan. Bu hudud 1949 yilda Xitoydan ajralib chiqqanini e’lon qildi, lekin Pekin uning mustaqilligini tan olmaydi va uni XXRning provinsiyasi deb hisoblaydi.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Tayvan'

Baholaganlar

638

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing