Tayvan mojarosi: nemis qonunchilari ham Xitoyning jig‘iga tegishni boshlayapti
Olam
−
30 Sentabr 2022
7206Turli siyosiy partiyalar vakillari bo‘lgan yetti nafar germaniyalik deputatlar delegatsiyasi 2-6 oktyabr kunlari Tayvan markazi Taybeyga boradi. Bu haqda kecha, 29 sentyabr kuni orol Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Delegatsiyaga Tayvan bilan aloqalar bo‘yicha parlament guruhi raisi Klaus-Piter Uilsh boshchilik qiladi. U va uning hamkasblari orol ma’muriyati boshlig‘i Say Inven, uning o‘rinbosari Uilyam Lay, Tashqi ishlar vaziri Jozef U, qonun chiqaruvchi yuan (parlament) spikeri Yu Sikun bilan uchrashadi va yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish uchun ilmiy parkga tashrif buyuradi.
2-3 avgust kunlari AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Taybeyga tashrifi ortidan Tayvan atrofidagi vaziyat keskinlashdi. U safarini yakunlaganidan bir kun o‘tib, Xitoy Xalq ozodlik armiyasi Tayvan suvlaridagi oltita zonada jangovar snaryadlar bilan keng ko‘lamli harbiy mashqlarni boshladi. Shundan so‘ng orolga yana bir qancha xorijiy delegatsiyalar, jumladan yapon qonunchilari va fransuz senatorlari tashrif buyurishdi. XXR bunday tashriflarni provokatsiya va Xitoyning ichki ishlariga aralashish deb baholadi.
Ma’lumot o‘rnida, Tayvan 1949 yilda Chan Kayshi (1887-1975) boshchiligidagi gomindan qo‘shinlarining qoldiqlari Xitoy fuqarolar urushida mag‘lub bo‘lib, orolga qochib ketganidan beri o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi. O‘shandan beri Tayvan kommunistlar hokimiyatga kelishidan oldin materikda mavjud bo‘lgan sobiq Xitoy Respublikasi bayrog‘i va boshqa atributlarini saqlab qoldi. XXRning aksariyat davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, orol Xitoy provinsiyalaridan biri hisoblanadi.
LiveBarchasi