Tayvan Xitoy shimolidagi raketa sinovlarini kuzatib bormoqda

Olam

image

Xitoyning shimoliy Ichki Mo‘g‘uliston hududida raketa sinovi o‘tkazilmoqda. Uning “to‘lqinlari”ni Tayvan kuzatib bormoqda. Bu haqda oroldagi mudofaa idorasi xabar berdi.

“Tayvan Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa kuchlari shay holatda ekanligini ma’lum qildi”, deb xabar qildi “Reuters”.

Vazirlik Tayvandan taxminan 2000 km uzoqlikda joylashgan Ichki Mo‘g‘ulistonda Xitoy raketa kuchlari tomonidan ertalab soat 4:00 dan beri “bir nechta sinov to‘lqinlari” aniqlanganini ma’lum qildi.

“Tayvan kuchlari voqealar rivojini doimiy ravishda kuzatib boradi va havo hujumidan mudofaa kuchlari hushyor holatda”, deyiladi vazirlik bayonotida qo‘shimcha tafsilotlar berilmagan holda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tayvan oroli yaqinida Xitoy Xalq ozodlik armiyasining yana 26 ta samolyoti paydo bo‘lgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy Mo'g'uliston Tayvan'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made