Tayvan Bosh shtabi boshlig‘i aviahalokat qurboni bo‘ldi
Olam
−
02 yanvar 2020
5292Bugun, 2 yanvar kuni Tayvanda vertolyotning avariyaviy qo‘nishi natijasida 8 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida mamlakat Bosh shtabi rahbari Shen Imin ham bor. Bu haqda “China Daily” nashri xabar berdi.
Halokat natijasida 5 nafar yo‘lovchi omon qolgan.
Halokatga uchragan Black Hawk vertolyoti Tayvan Mudofaa vazirligiga tegishli. Unda mamlakatning yuqori martabali harbiy amaldorlari ketayotgan bo‘lgan.
Mahalliy vaqt bilan ot 10:00 larda vertolyot majburan mamlakat shimolidagi Ilan shahri yaqinidagi tog‘li hududga qo‘ngan.