Tayson va Xolifild Toshkentda to‘qnash kelishi mumkin

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 12-17 noyabr kunlari Toshkent shahrida butunjahon boks uyushmasining (WBC) 61-Konvensiyasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirda mashhur boks yulduzi Evander Xolifild ham ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari vakili bo‘lgan Xolifild boks bo‘yicha yarim og‘ir vaznda Panamerika o‘yinlarining kumush medalchisi, 1984 yilda bo‘lib o‘tgan XXIII Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sovrindori va 2017 yildan buyon Xalqaro Boks shon-shuhrat zali a’zosi hisoblanadi.

U professional boksda ham yuksak natijalar qayd etgan bo‘lib, 1988 yilda WBC, IBF, WBA yo‘nalishlari bo‘yicha mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritgan. Evander Xolifild faoliyati davomida 57 ta jangda ringga ko‘tarilib, ularning 44 tasida g‘alabaga erishgan. 10 ta jangida raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Qolgan 3 ta jangidan 2 tasi durang bilan o‘z nihoyasiga yetib, bittasi hisobga olinmagan.

Shuningdek, federatsiya Evander Xolifilddan tashqari yana bir qator boks yulduzlari Toshkentga kelishini bildirgan. Ularning nomlari esa tez orada e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri mezbonligida bo‘lib o‘tadigan WBC'ning 61-Konvensiyasida mashhur boks yulduzi Amir Iqbol Xon hamda Kostya Szyu qatnashishi xabar qilingan edi. Shuningdek, mazkur tadbirga yana bir boks afsonasi Mayk Tayson ham kelishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent WBC Mayk Tayson Evander Xolifild

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing