Tayson Fyurining amakivachchasini shafqatsizlarcha o‘ldirib ketishdi
Sport
−
22 avgust 2022
5120Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBC yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyurining amakivachchasi Riko Burton o‘ldirib ketildi. Tayson bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida ma’lum qildi.
“Mening amakivachchamning bo‘yniga pichoq urib, o‘ldirib ketishgan. Bunday holatlar tobora kulgili bo‘lib bormoqda, ahmoqlargina pichoq ko‘tarib yurishadi. Bunaqangi holatlarni to‘xtatish kerak. Buyuk Britaniya hukumati imkon qadar tezroq pichoqlash uchun jazolarni kuchaytirishi kerak. Bu "pandemiya" va u sizga ta’sir qilmaguncha qanchalik yomon ekanini tushunmaysiz. Hayot qimmatli, biroq uni osongina tortib olish mumkin. Shuning uchun har bir daqiqadan zavqlaning. Tinchlaning, Riko Burton. Xudo sizni asrasin”, deya yozgan boks yulduzi.
Avvalroq , Tayson Fyuri shu yilning 17 dekabr kuni ukrainalik Aleksandr Usikga qarshi mutloq Jahon chempionligi uchun ringga ko‘tarilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Ushbu jangni o‘zida qabul qilishga Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri da’vogarlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Tayson Fyuri professional faoliyati davomida 33 ta jangda ringga ko‘tarilib, 32 ta g‘alaba va 1 ta durrang qayd etgan. Uning muvaffaqiyat pilla poyalaridan tepaga ko‘tarilishi 2018 yilining 28 noyabrida o‘sha davrlarda istalgan bokschini dahshatga soluvchi Vladimir Klichkoni mag‘lub etganidan so‘ng boshlangan.
LiveBarchasi