Tayson Fyuri yengilmas raqibini nokautga uchratdi

Sport

image

Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri amerikalik charm qo‘lqop ustasi Deontey Uaylder bilan WBC yo‘nalishida jahon chempionligi uchun revansh jangini o‘tkazdi.

Jang 23 fevral kuni Las-Vegasda o‘tkazildi va yettinchi raundgacha davom etdi. Deonte Uaylder texnik nokautga uchrab, mag‘lub bo‘ldi. Jang britaniyalikning ustunligida o‘tdi, hatto u dastlabki raundlarda raqibini nokdaunga uchratishga ham muvaffaq bo‘ldi. 

Shunday qilib, 31 yoshli Fyuri 34 yoshli Uaylderdan WBC chempionlik kamarini yutib oldi.

Uaylder uchun Fyuridan qabul qilib olingan mag‘lubiyat professional karerasidagi dastlabkisi bo‘ldi. Uning hisobida 42 g‘alaba (41 nokaut) va bir durang bor edi. Fyuriga keladigan bo‘lsak, u 30-g‘alabasini qo‘lga kiritdi (ulardan 21 tasi nokaut) va bir durang bor.


Maqola muallifi

Teglar

Tayson F'yuri

Baholaganlar

240

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing