Rasmiy Moskva raketalar bo‘yicha bitimdan chiqqanligini e’lon qildi

Olam

image

Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin rasmiy Moskva tomonidan O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim bajarilishini to‘xtatishga doir farmonni imzolagan.

Davlat rahbari “Rossiya federatsiyasi xalqaro shartnomalari to‘g‘risida” Federal qonunining 37 moddasi 4 bandiga asosan, AQSHning 1987 yil 8 dekabrda Sobiq Sovet Ittifoqi  va AQSH o‘rtasida imzolangan O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘ra o‘z majburiyatlarini buzganligi uchun, mazkur bitimni bajarilishini to‘xtatib turishga qaror qilgan.

Ushbu farmonning birinchi bandiga muvofiq, Tashqi ishlar vazirligi bitim ishtirokchilarini hisoblangan AQSHni, bitimning bajarilishi to‘xtatilishi to‘g‘risida xabardor etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-AQSh Putin

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing