Tayinlanganiga 1 oy bo‘lgan “Milan” ustozi ishdan ketishi mumkin

Sport

image

Bir oy oldin, 30 dekabr kuni “Milan”ni qabul qilib olgan Serxio Konseysao jamoadan chetlatilishi mumkin. Bu haqda “Milanpress” xabar berdi.

29 yanvar kuni “Milan” Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so‘nggi turida Zagrebning “Dinamo”siga mag‘lub bo‘ldi va bu mag‘lubiyat tufayli jamoa kuchli sakkiztalikka kira olmay, to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. 

Bungacha Konseysau “rossonerilar” bilan Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, A Seriyada to‘rtta o‘yindan ikkitasida g‘alaba qozondi va yana bir bahsda durang qayd etdi.

Murabbiyning iste’fosi uchun asosiy muammo va mumkin bo‘lgan sabab jamoaning natijalari emas, kiyim almashtirish xonasidagi muhitdir. Serxio futbolchilarning normal funksional tayyorgarligi yo‘qligidan norozi va ular bilan qo‘pol munosabatda bo‘lmoqda. “Galatasaroy”ga o‘tishga yaqin turgan Alvaro Morataning ketish qarori ham Konseysao tufayli qabul qilingani da’vo qilinmoqda. Murabbiy Davide Kalabriya bilan ham mojaroga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Serxio Konseysao

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing