Tax Gap tizimi bekor qilinadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 oktyabridan boshlab, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishda soliq uzilishi koeffitsiyentini qo‘llash amaliyoti, ya’ni Tax Gap bekor qilinadi. Bu haqda bugun, 18 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan ochiq muloqotida ma’lum qilindi.

Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman soha vakillari bilan birga tadbirkorlarning ochiq-oshkora reytingini joriy qiladi.

Bunda, kelgusi yil 1 yanvardan boshlab reytingi yuqori korxonalar:

  • barcha turdagi soliq tekshiruvlaridan ozod qilinadi;
  • ularga qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha qismi bir kunda qaytarib beriladi;
  • qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasini vaqtinchalik to‘xtatib turish amaliyoti bekor qilinadi.

Prezident yig‘ilishda hozirda kameral nazorat to‘laqonli soliq tekshiruviga aylanib ketgani va bu korrupsiyaga ham yo‘l ochib berayotganini ko‘rsatib o‘tgan.

Endilikda kameral nazoratda tadbirkordan hujjat talab qilish yoki uni idoraga chaqirish qat’iyan taqiqlanadi.

Shuningdek, alohida ochiq-oshkora platforma yaratilib, soliqchilar ko‘rsatgan xizmatlar sifatiga tadbirkorlarning o‘zi baho beradigan tizim yo‘lga qo‘yiladi.

Hozirda soliqqa oid bitta huquqbuzarlik uchun tadbirkor sifatida moliyaviy jarima, jismoniy shaxs sifatida ma’muriy jarima qo‘llanilmoqda. Endilikda bunday amaliyot bekor qilinishi ta’kidlangan.

Jarimalar tadbirkorlar faoliyatining to‘xtab qolishiga sabab bo‘lmasligi kerakligi aytib o‘tildi. Shu nuqtai-nazardan uch oyda barcha moliyaviy sanksiyalar qayta ko‘rib chiqilib, adolatli me’yorlar belgilanadi.

Ma’lumot uchun, Tax Gap tizimi bu davlatga qonuniy ravishda to‘lanadigan to‘liq potensial soliq tushumlari va haqiqiy undirilgan soliq tushumlari o‘rtasidagi farq. Mamlakatda Tax Gap’ning hajmini belgilovchi asosiy o‘zgaruvchilarga iqtisodiyotning tuzilishi, qonun ustuvorligi va soliq axloqi kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Tax Gap

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing