“Aqlli shahar”ga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda

Jamiyat

image

"O‘zbekiston-Germaniya 2019” ilmiy-tadqiqot dasturining rejasiga binoan shu yilning 7-11 oktyabr kunlari Germaniyaning Oldenburg universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda uning Samarqand, Nukus va Urganch filiallari hamkorligida TATUda "SMART CITY" mavzuida xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Universitet professor-o‘qituvchilari va AKT vazirligi qoshidagi soha korxonalari xodimlari uchun "SMART CITY" dasturi bo‘yicha xalqaro tajriba almashish va hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan ushbu konferensiya Germaniya va O‘zbekiston olimlari, ilmiy tadqiqotchilar, ishbilarmonlari va jamoat tashkilotlarini, ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlari vakillarini birlashtirdi.

Konferensiya Germaniya universitetlari va ilmiy-tadqiqot institutlari hamda jamoat tashkilotlari bilan halqaro hamkorlik o‘rnatish uchun ham katta imkoniyat hisoblanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya O'zbekiston TATU

Baholaganlar

8

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing