Tataristondagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning shaxsi aniqlandi 

Olam

image

Avvalroq, Rossiyaning Tatariston Respublikasi Yelabuga munitsipal tumanida joylashgan “MIR” chorvachilik fermasining inshootida yong‘in sodir bo‘lgani va oqibatda 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani xabar qilingan edi. Mazkur hodisa yuzasidan O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida 5 nafar O‘zbekiston fuqarolari – 48 yoshli A.B., 59 yoshli X.X., 54 yoshli J.U., 29 yoshli B.N. va 22 yoshli S.D. halok bo‘lgan. Ushbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olinib, tezkor ravishda konsulxona diplomatlari voqea joyiga safarbar etilgan va vakolatli organlar bilan zarur tadbir va ishlarni (shaxsga aniqlik kiritish va hq.) olib borib, halok bo‘lganlarni jasadlarni O‘zbekistonga qaytarish ishlarini tashkil etishga qaratilgan choralar ko‘rilmokda.

“O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Mazkur tadbirlarni amalga oshirishda Tatariston Respublikasi rahbariyati va vakolatli organlar tomonidan amaliy yordam va ko‘mak ko‘rsatib kelinayotganini alohida e’tirof etish lozim”, deyiladi xabarda.

Mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari bilan quyidagi telefon raqamlar orqali bog‘lanish mumkin:
+7-843 526-55-63;  +7-843 526-55-64; +7-843 526-55-65.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Tatariston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing